11:05 / 02.03.2020
14768
Reklama

O‘zbekistondagi Havas diskaunter tarmog‘i – bir yoshda!

Foto: Havas

Bir yil avval Toshkent ahliga o‘z eshiklarini ochgan Havas diskaunter tarmog‘i  hamyonbop narxlari hamda alohida qulayliklari bilan xaridorlar e'tiborini jalb qildi.

Qisqa muddat ichida 45ta do‘kon ochishga muvaffaq bo‘lgan Havas tarmog‘i yanada ko‘proq qulayliklar yaratish ustida tinimsiz ish olib bormoqda.

Bir yillik shodiyona munosabati bilan xaridorlar uchun yangi chegirmalar va maxsus aksiya e'lon qilindi.

Aksiya doirasida ko‘plab mahsulotlarni doimgidan-da arzonroq narxda xarid qilishingiz mumkin. Aksiya 2 martdan 29 martgacha davom etadi.

Diskaunter do‘konlarining boshqa do‘konlardan farqi nima?

Diskaunter – iste'molchiga imkon qadar past narxlarda sifatli mahsulot yetkazib beruvchi va aholi yashash joylariga yaqin joylashgan chakana savdo formatidir.

Yevropaning Aldi, Lidl, Turkiyaning BİM, A101, Hakmar kabi dunyoning yetakchi diskaunter tarmoqlari yuqorida keltirilgan barcha sifatlarni qamrab olgan. Diskaunter tarmoqlariga bo‘lgan talab yildan yilga tobora ortib bormoqda, chunki bu davr talabidir.

Havas tarmog‘ining e'tiborga sazovor jihatlaridan biri – barcha mahsulotlarning arzonligi, do‘konlardagi qulay sharoit hamda aholi yashash joylariga bevosita yaqin joylashganidir.

Havas diskaunter tarmog‘i do‘konlari hozirda Toshkent shahrining barcha tumanlarida bor. Bu esa o‘z navbatida shahar ahliga o‘zlari uchun qulay bo‘lgan Havas do‘konlarida sifatli va hamyonbop xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ta'kidlash joizki, barcha erishilgan yutuqlar xaridorlarning Havas tarmog‘iga bo‘lgan mehri va ishonchi mevasidir!

Havas jamoasi tarmoqning barcha xaridorlari va mijozlariga o‘z navbatida katta minnatdorchilik bildiradi. Aynan xaridorlar Havas jamoasini ilhomlantiradi va yangi qulayliklar va yangi imkoniyatlar yaratishga undaydi.

Kelgusi yillarda Havas tarmog‘i O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida xaridorlar uchun o‘zining qulay, hamyonbop va shinam do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shish va xalqimizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish – Havas jamoasining oliy maqsadi.

Havas diskaunter tarmog‘i haqidagi so‘nggi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin:

Telegram: t.me/havasuz

Feysbuk: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Diskaunterlarning manzillari haqida saytimizdan ma'lumot olishingiz mumkin: https://havasfood.uz/ru/markets

Reklama huquqi asosida

Top