14:17 / 02.03.2020
0
45435
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo haqida ma'lumot berdi
Foto: KUN.UZ

Bugun mamlakatning barcha hududida ob-havo bahoriy - iliq va quyoshli bo‘ladi. Turkmaniston hududidan kirgan havo oqimi haroratning ko‘tarilishiga olib keladi, kunduzi harorat 20-25 daraja iliq, bu me'yoriy qiymatlardan 9-11 darajaga yuqoridir

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, yaqin ikki kun davomida respublika hududiga Kaspiy dengizi janubiy tumanlaridan harakat qilayotgan bulutlar hisobiga harorat bir oz pasayadi. 

Mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 martda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, kechga borib esa Samarqand viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 martda respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

5 martda Kaspiy dengizi shimoliy hududidan mamlakatga nam va salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, bu havo o‘zi bilan yomg‘ir va salqin olib keladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti, sovuq va nam havo oqimi ta'sirida harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Shu kunlardagi harorat mazkur davr uchun xos bo‘lgan me'yoriy qiymatlardan bir oz past bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top