17:55 / 02.03.2020
1
7915
«Paxtakor» - «Navbahor» uchrashuvi hakami jazolandi
Foto: Tribuna.uz

Bugun, 2 mart kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hakamlik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti. 

«Unda Coca Cola Superligasining 1-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Navbahor» uchrashuvi hakamligi ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashevning ushbu uchrashuvdagi faoliyati O‘FA hakamlar qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Buning natijasida bosh hakam tomonidan o‘yin tizgini qo‘ldan chiqarilgani va intizomiy qarorlaridagi xatolari sababli 1 oy muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatilib quyi ligaga tushirildi» - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, ushbu hakam «Paxtakor» - «Navbahor» (2:1) o‘yinida har ikki jamoadan bir futbolchini chetlatgan va uchrashuvdagi hakamlik mehmon klubning shikoyatiga sabab bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pro-liga bahslari aprel oyidan boshlanishi kutilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda, jazoga ko‘ra quyi ligaga ravona qilingan Tantashev Pro-ligada ishlamay, bir oydan keyin yana Superliga bahslariga qaytadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top