07:56 / 02.03.2020
0
3689
Si Tszinpinning Yaponiyaga tashrifi koronavirus sababli qoldirildi - OAV

Xitoy raisi Si Tszinpinning Yaponiyaga tashrifi koronavirus epidemiyasi sababli qoldirildi. 

Foto: REUTERS

Bu haqda The Asahi Shimbun yapon nashri ma'lum qildi. 

Yaponiya hukumatidagi manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Tokio va Pekin Si Tszinpinning tashrifini eng kamida kuzgacha qoldirishga kelishib olgan. Ta'kidlanishicha, joriy hafta davomida tegishli qaror qabul qilinib, u haqda rasman e'lon qilinadi.  

Xitoy raisi Yaponiyaga 2008 yildan beri safar qilmagan. Tokio Si Tszinpinning dastavval aprelga rejalashtirilgan tashrifiga alohida ahamiyat qaratmoqda. Jumladan, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ushbu tashrif ikki davlat munosabatlaridagi yangi davrni ochishini bir necha marotaba aytib o‘tgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top