13:55 / 03.03.2020
0
12833
Bishkekdagi mitingni tarqatish vaqtida 18 nafar militsioner jarohatlandi

Dushanba kuni Bishkekdagi prezident ma'muriyati va mamlakat parlamenti yaqinidagi markaziy maydonda qamoqdagi deputat Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlash uchun 1-1,5 ming nafar kishi to‘plangan. Ular deputatning ozodlikka chiqarilishini talab qilgan.

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Bishkekda 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan mitingni tarqatish vaqtida 18 nafar militsiya xodimi jarohatlandi. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Miting tarqatilganidan so‘ng 18 nafar militsioner yumshoq to‘qimalari lat yegani sababli tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Ularning barchasiga ambulator yordam ko‘rsatildi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Dushanba kuni Bishkekdagi prezident ma'muriyati va mamlakat parlamenti yaqinidagi markaziy maydonda qamoqdagi deputat Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlash uchun 1-1,5 ming nafar kishi to‘plangan. Ular deputatning ozodlikka chiqarilishini talab qilgan. Kechga yaqin miting ishtirokchilari militsiya xodimlariga toshlar uloqtirishni boshlagan, militsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va yorug‘lik-shovqinli granatalar bilan javob qaytargan.  

Japarov 2017 yil 25 martda xorijdan Qirg‘izistonga qaytib kelganida hibsga olingandi. U qator jinoyatlarda ayblanib 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq yuqori sud instansiyasi Japarovning jazo muddatini 10 yilgacha kamaytirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top