15:57 / 03.03.2020
0
9628
Eron parlamentining 20dan ortiq deputati koronavirusga chalingani aniqlandi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda 19 fevraldan beri koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1501ta holat qayd etilgan, ulardan 66tasi o‘lim bilan tugagan, 291 kishi sog‘aygan. 

Foto: REUTERS / Wana News Agency

Eron parlamentining 23 nafar deputati koronavirusga chalingan, deb xabar berdi YJC portali spiker yordamchisi Abdulrizo Mesriga asoslanib.

Mesri deputatlarni aholi bilan muloqotni cheklashga chaqirgan. Shu bilan birga, parlament o‘z ishini davom ettirishi ma'lum qilindi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda 19 fevraldan beri koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2336ta holat qayd etilgan, ulardan 66tasi o‘lim bilan tugagan, 291 kishi sog‘aygan. 

Eron hukumati kasallik tarqalishi davom etishini taxmin qilmoqda. 

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 80 ming kishidan oshgan. Xitoydan tashqari yana 71 mamlakatda virusdan zararlanish holati aniqlangan. Jahon bo‘ylab COVID-19 jami 90899 kishida qayd etgan, virus qurbonlari soni 3116 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 48 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top