11:10 / 03.03.2020
0
12217
Koronavirus qurbonlari soni 3100dan oshdi, kasallanganlar soni 91 mingga yaqin

3 mart kuni holatiga ko‘ra Xitoyda yana 125 kishi yangi koronavirus infeksiyasidan kasallangan.

Foto: China Xinhua News

South China Morning Post nashri xabariga ko‘ra, XXRda 2 mart kuni 31 kishi virus tufayli vafot etgan va epidemiya boshlanganidan buyon Xitoydagi qurbonlar soni 2943 kishini tashkil qilmoqda.

Xitoydan tashqari yana 71 mamlakatda virusdan zararlanish holati aniqlangan. Jahon bo‘ylab COVID-19 kasalligi jami 90899 kishida qayd etgan, virus qurbonlari soni 3116 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 48 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan.

Virus tarqalishining asosiy o‘choqlari Xitoydan tashqarida Janubiy Koreya (4812 bemor va 28 qurbon), Italiya (2036 bemor va 52 qurbon) hamda Eron (1501 bemor va 66 qurbon) bo‘lib qolmoqda.

Qayd etish kerakki, Italiyada so‘nggi kunda ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshdi - bemorlar soni 342 nafarga, qurbonlar soni 18 nafarga oshgan.

Ayni vaqtda Rossiyada 6 kishida virusdan zararlanish holati qayd etilgan. MDH yana ikki davlatida - Armaniston va Ozarboyjonda ham virusdan zararlanish holatlari tasdiqlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top