13:26 / 03.03.2020
0
10106

Lisenzion musobaqaga qur'a tashlandi: O‘zbekistonlik bokschilarning ilk raqiblari ma'lum

Iordaniya poytaxti Oman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa start olmoqda.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

«11 martga qadar davom etadigan mazkur turnirda ushbu mintaqalarning eng sara bokschilari bahs olib borishadi», deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.

2 mart kuni musobaqaga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazilgan va har bir vazn toifasiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston jamoasi ushbu turnirda 8 vazn toifasida ham o‘z vakillari bilan ishtirok etmoqda.

Quyida ularning turnirdagi ilk raqiblari:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Sayid Muhammad (Pokiston) / Aldoms Suguro (Indoneziya)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Akilbek Esenbek uulu (Qirg‘iziston) / Gaurav Solanki (Hindiston)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Jyeyms Paliste (Filippin)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ka Va Chan (Hongkong) / Dominik Roye (Yangi Zelandiya)
-75 kg: Fanat Qahramonov – Osama Elsimrin (Iordaniya)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Navosa Yata (Tuvalu) / Paulo Aukuso (Avstraliya)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Toriq Robi (Iroq)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Denis Latipov (Bruney) / Xvapyong Son (J.Koreya)

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Oman shahrida 17 fevraldan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi. Mazkur mashg‘ulotlar yakuni bo‘yicha ushbu tarkib saralab olindi.

Reglamentga ko‘ra, Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun har bir vazn toifasiga turlicha kvota ajratilgan. Ushbu turnirda litsenziyalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

-52 kg: 6ta o‘rin
-57 kg: 6ta o‘rin
-63 kg: 6ta o‘rin
-69 kg: 5ta o‘rin
-75 kg: 5ta o‘rin
-81 kg: 5ta o‘rin
-91 kg: 4ta o‘rin
+91 kg: 4ta o‘rin.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top