16:00 / 03.03.2020
0
3782

Onlayn auksion: 3,2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 24 fevral – 1 martlarida “O‘zRTXB” AJda 1,1 trln so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 464,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 998,4 mlrd so‘mdan 974,5 mlrd so‘mgacha kamaydi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 895,0 ming. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilenning ulushi 77 foiz, paxta chigiti shroti 18 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 10 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 64,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 70,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 17,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top