10:13 / 03.03.2020
0
1413
O‘zbekiston Haaga konferensiyasi ustavini ratifikatsiya qildi

Tashkilotning asosiy maqsadi – xalqaro xususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga ko‘maklashish

Prezident “Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi Ustavini (Haaga, 1951 yil 31 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjat bilan Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Haaga konferensiyasi Ustavi (Haaga, 1951 yil 31 oktabr) ratifikatsiya qilindi.

Haaga konferensiyasi 1893 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Haaga shahrida joylashgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.

Tashkilotning asosiy maqsadi – xalqaro xususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga ko‘maklashish.

Hozirgi kunda tashkilotga 82 ta davlat, shu jumladan, Yevropa ittifoqi a'zo sanaladi. MDH davlatlari orasidan esa, konferensiyada Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya ishtirok etadi.

Haaga konferensiyasi 1955 yil 15 iyulda kuchga kirgan ustav asosida faoliyat yuritadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top