17:54 / 03.03.2020
3
28916

O‘zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini jo‘natdi

Bugun, 3 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentining birodar Xitoy xalqiga do‘stona yordamining ikkinchi partiyasi jo‘natildi.

Foto: KUN.UZ

Insonparvarlik yordamining ikkinchi bosqichi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda shakllantirildi.

Bu gal “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan tayyorlangan maxsus tibbiy kiyimlar, tibbiy niqoblar va tibbiy dokalar jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni O‘zbekiston Xitoyga tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordamining birinchi partiyasini yubordi.

Bu koronavirusning yangi turiga (nCoV-2019) qarshi kurashish va uning tarqalishini cheklash bo‘yicha Xitoy tomonining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va uni bartaraf etish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top