12:15 / 03.03.2020
0
1046
Tashqi reklama obektlari xavfsizligining umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi

Tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi 

Hujjat bilan obektlar (qurilmalar) xavfsizligi talablariga rioya etilishi ta'minlanadi hamda ularni loyihalash, ishlab chiqarish, joylashtirish, o‘rnatish, to‘g‘rilash, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash, modernizatsiyalash, utilizatsiya qilish masalalari tartibga solinadi. 
 
Norma’ning yozishicha, reglamentda quyidagi minimal shartlar nazarda tutilgan:

mexanik xavfsizlik talablari;

inson salomatligi uchun bino, qurilish va inshootlar tashqarisida harakatlanish va faoliyat yuritishning xavfsizlik shartlari talablari;

tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) utilizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga xavfsiz ta'siri talablari;

tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) o‘z xavfsizligini ta'minlash va ularni joylashtirish, o‘rnatish, tuzatish, ma'lum hududda, shuningdek, bino, qurilish va inshootlarda foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liq hududiy joylashtirish talablari.
 
Shuningdek reglamentda tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligini ta'minlovchi loyihalash va ishlab chiqarish, shu jumladan qurish, o‘rnatish va tuzatishda xavfsizlik talablari belgilangan.
 
Eslatib o‘tamiz, barcha yuridik va jismoniy shaxslar texnik reglamentlarga rioya etishlari shart. Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotadi hamda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etadi («Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi).
 
Hujjat 21.02.2020 yildan kuchga kirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top