01:21 / 03.03.2020
1
27250

Tojikistonda 35 ta davlat fuqarolariga kirish taqiqlandi

Foto: EPA

Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga o‘z samolyotlari bortiga 35 ta davlat fuqarolarini olmaslik haqida telegramma jo‘natdi. Shunday telegramma turkompaniyalarga ham yo‘llangan. 

Asia-Plus nashrining xabar berishicha, bu ogohlantirish koronavirus tarqalishi oldini olish va mamlakat fuqarolari salomatligi va xavfsizligini ta'minlash bilan asoslangan.

Tojikistonga fuqarolari vaqtincha kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatiga Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kamboja, Filippin, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, Britaniya, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya, Isroil, Avstriya, Xorvatiya, Shveytsariya, AQSh, Kanada, BAA, Misr, Eron, Livan, Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afg‘oniston, Iroq va Jazoir kiritilgan.

Bundan tashqari, agentlik bu davlatlarning Tojikistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tranzit reys bilan kelmoqchi bo‘lgan fuqarolariga aviachiptalar sotishni to‘xtatishga chaqirgan. 

“Bu davlatlar fuqarolariga aviachipta sotilib, ular Tojikistondagi aeroportlarga kelgan bo‘lsa, ular shu reyslarning o‘zi bilan ortga qaytarilib yuboriladi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Tojikistonning shu davlatlardan kelgan fuqarolari karantinga joylanadi.

Ayni vaqtda Tojikistonga uchuvchi barcha reyslar yo‘lovchilari teplovizor yordamida isitma borligiga tekshirilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top