00:10 / 03.03.2020
0
13273
“Tolibon” asirda ushlab turilgan a'zolari ozod etilmaguncha muzokaralardan bosh tortdi 

“Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumati harakatning 5 ming a'zosini ozod etmaguncha Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etmaydi. 

Foto: AFP

Bu haqda toliblarning rasmiy vakili Zabihulla Mujohid Reuters axborot agentligiga xabar berdi. 

“Agar 5000 tolib ozod etilmasa, Afg‘onistonaro muzokaralar bo‘lmaydi”, deb aytgan Mujohid.

AQSh va “Tolibon” o‘rtasida Dohada imzolangan tinchlik kelishuvida 10 mart kunigacha “Tolibon”ning 5 ming a'zosi ozod qilinishi aytilgan. “Tolibon” o‘z navbatida ming kishini ozod etadi.     

Bu orada Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani asirda ushlab turilgan toliblarning ozod etilishi Afg‘onistonaro muzokaralar o‘tkazilishi sharti bo‘la olmasligini aytgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top