18:07 / 03.03.2020
6013
Uzcard – INHA Universiteti qoshidagi “Co-Learning Center”ning bosh homiysi
Foto: Uzcard

Uzcard INHA Universiteti qoshidagi “Co-Learning Center”ning bosh homiysiga aylandi. Hamkorligimizdan maqsad kelajakda ushbu innovatsiyalar va ilg‘or fikrlar markaziga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, IT-rahbarlarni, ushbu sohada iqtidorli yosh mutaxassislarni tayyorlashda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion potensialni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda yordam berishdan iboratdir.

Shuningdek, bizning Markaz bilan o‘zaro hamkorligimizning maqsadlaridan yana biri – bu mahalliy iqtidorli yoshlar tomonidan innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va o‘quv jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qiziqishlarini kuchaytirishdir. 

Uzcard'ning bu qadami, 2020 yil mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e'lon qilinganligi fonida juda muhim qadam bo‘ldi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu Markaz bizning hududda birinchisi bo‘ldi va Uzcard  respublikaning qolgan viloyatlarida ham shunday markazlarni yaratishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top