20:16 / 03.03.2020
0
11150

Xitoyning eng boy odami Yaponiyaga millionta himoya niqobi sovg‘a qildi - OAV

Alibaba korporatsiyasi asoschisi Jyek Ma Yaponiyaga koronavirusga qarshi kurashish uchun millionta himoya niqobi sovg‘a qildi.

Foto: Getty Images

Bu haqda China Daily nashri ma'lum qildi

Xitoyning eng badavlat odami Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘nglanishiga umid bildirgan. Ta'kidlanishicha, Jyek Ma sovg‘a qilgan 50 tonna niqob Xitoydan Tokioga China Eastern Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan yetkazib berilgan.

Ayni vaqtda Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni mingga yaqinlashib qoldi, 12 kishi undan vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top