10:09 / 03.03.2020
0
2448
Diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimi liberallashtirildi

Vazirlar Mahkamasining “Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi o‘rtasida 2020 yil 1 martdan paritet asosda diplomatik yoki rasmiy (Yaponiya fuqarolari) pasport egalari bo‘lgan O‘zbekiston va Yaponiya fuqarolariga ikki mamlakat hududiga vizasiz kirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi notalar almashinuvi amalga oshirilgan.

2020 yil 1 martdan boshlab paritet asosda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:

O‘zbekiston Respublikasida diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish hamda Yaponiya Hukumatining vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a'zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan bolalari) uchun O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatiga;

ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgandan boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Qarorning 2-bandida nazarda tutilgan vizasiz kirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasiga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni (shu jumladan, turizm va mukofotlanadigan sport tadbirlari) amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Yaponiyaning diplomatik, rasmiy va umumfuqarolik pasportlari namunalari, shu jumladan, ularning batafsil tavsifi va himoya elementlarini so‘rab oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top