17:37 / 04.03.2020
0
8772
Afg‘oniston harbiylari 17 nafar tolibni yo‘q qildi

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangandi.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘oniston harbiylari bir sutka davomida “Tolibon” harakatining 17 nafar a'zosini yo‘q qildi, 11 nafar jangari yaralandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiy ma'lum qildi.

“Xavfsizlik va mudofaa kuchlari o‘zlarini va xalqni himoya qilish maqsadida “Tolibon”ga hujum qildi, natijada 17 nafar dushman o‘ldirildi, 11 nafari jarohatlandi”, - deb yozdi Rahimiy Twitter akkauntida. 
U toliblar tinch aholiga qarshi hujumlar va terrorchilik harakatlarini to‘xtatishi kerakligini ta'kidladi.

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top