16:24 / 04.03.2020
3
35273

Afg‘onistonda AQSh qurolli kuchlari toliblarga aviazarbalar berdi

Ta'kidlanishicha, aviazarbalar Afg‘oniston qurolli kuchlari punktlariga hujum qilgan toliblardan himoyalanish maqsadida berilgan.

Foto: U.S. Marine Corps/Sgt. Gabriela Garcia/Public Domain via DVIDS

Afg‘onistonning G‘ilmind viloyatida AQSh qurolli kuchlari “Tolibon” harakati jangarilariga aviazarbalar berdi. Bu haqda Amerika qurolli kuchlari vakiliga tayanib Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aviazarbalar Afg‘oniston qurolli kuchlari punktlariga hujum qilgan toliblardan himoyalanish maqsadida berilgan.

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi.

Avvalroq AQSh BMT Xavfsizlik kengashiga “Tolibon” harakatidan terrorchi maqomi va sanksiyalarni olib tashlashni so‘rab murojaat qilgani xabar qilingandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top