14:00 / 04.03.2020
1
45192

Asaka tumani hokimi ishdan olindi

Andijon viloyatining Asaka tumanida ham rahbar o‘zgardi.

Bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Erkinjon Abdullayevich Yakubov ishdan olingan. U 2017 yilning iyulidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Bo‘ston tumanining (sobiq Bo‘z) sobiq hokimi Inomjon Solijonovich Mamadaliyev Asaka tumaniga yangi rahbar etib tayinlangan.

Inomjon Mamadaliyev

Inomjon Mamadaliyev 1975 yil 24 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan, ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - jurnalist.

U muqaddam Asaka shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori, Asaka shahar IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2014 yil 13 maydan Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - Asaka shahar hokimi sifatida ishlagan, 2018 yilning avgustida hozirgi Bo‘ston (o‘sha vaqtda Bo‘z) tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Bundan avvalroq Sadbarxon Ne'matjonovna Mamitova Bo‘ston tumanining yangi hokimi etib tasdiqlangandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top