18:17 / 04.03.2020
0
2081
Avstriya yangi qochqinlarni qabul qilmoqchi emas

Avstriya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, Avstriya 2015 yilgi migratsion inqirozda YeIning eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan.  

Sebastyan Kurs / Foto: Getty Images

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakat yangi qochqinlarni qabul qilmoqchi emasligini aytdi.

"Federal hukumat sifatidagi yo‘limiz aniq, ya'ni: Avstriyada aslo ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha qochqinlar qabul qilinmaydi", - dedi Kurs matbuot anjumanida.

Avvalroq Avstriya federal prezidenti Aleksander Van der Bellen mamlakatni YeI a'zoisi sifatida qochqinlar, ayniqsa ayollar va bolalarni qabul qilishda ishtirok etishga chaqirgandi.

Kursning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya 2015 yilgi migratsion inqirozda YeIning eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan.  

"Dastlab bu yerdagilarni yaxshiroq kirishib ketishga chaqiraman. Masalan, bizda mehnat bozoriga kirishi mumkin bo‘lgan 30 ming nafar ishsiz qochqin bor", - dedi Avstriya kansleri.

Avvalroq Sebastyan Kurs Turkiyani noqonuniy migrantlarning YeI, Gretsiya hududiga o‘tishga urinishlarini tashkillashtirganlikda ayblagandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top