21:39 / 04.03.2020
0
5410

Blumberg saylov kampaniyasidagi ishtirokini to‘xtatdi

Maykl Blumberg saylovlarda AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

Foto : AP/ Michael Wyke

«Superseshanba»dagi praymerizlarda omadsiz natijadan so‘ng Nyu-York sobiq meri milliarder Maykl Blumberg AQShdagi saylov kampaniyasida ishtirok etishni to‘xtatishga qaror qilganini bildirdi.  

Blumberg saylovlarda AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

"Uch oy ilgari Donald Trampni yengish uchun poygaga kirgandim. Bugun xuddi o‘sha sabab bilan poygadan ketyapman. Tramp ustidan g‘alaba bunga erishishga imkoniyati ko‘proq nomzod atrofida birlashishdan boshlanadi. Bu mening do‘stim va buyuk amerikalik Jo Bayden ekanligi tushunarli", - deb yozdi Blumberg Twitter sahifasida.

Jo Bayden birlamchi saylovlarda ilk jiddiy g‘alabasiga erishdi, u Janubiy Karolina shtatidagi praymerizda katta farq bilan g‘alaba qozondi.  

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top