18:44 / 04.03.2020
0
7306
Erdo‘g‘an Putin bilan muzokaralardan so‘ng Idlibda o‘t ochish to‘xtatilishini kutayotganligini aytdi

Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi muzokara 5 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Foto: REUTERS

Anqara Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng Suriyaning Idlib provinsiyasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishini kutmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Turkiya rahbari ma'lum qildi.

"Biz Moskvada bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan so‘ng tezlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishini kutmoqdamiz", - deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltiradi NTV telekanali.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffrining Vashington Idlibdagi operatsiya uchun Anqaraga o‘q-dori bilan yordam berishga tayyorligi to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berdi.

"Men AQSh prezidenti Donald Trampga ana shunday so‘rov yubordim", - deb ta'kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Erdo‘g‘an 5 mart kuni Moskvada muzokara o‘tkazadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top