16:57 / 04.03.2020
0
2877
Erdo‘g‘an Yevrokengash raisi bilan muzokara o‘tkazmoqda

Seshanba kuni Mishel Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan birga Gretsiyaga tashrif buyurib, Turkiya bilan chegaradagi vaziyatni o‘rgangandi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an migratsion inqiroz fonida Anqaraga tashrif bilan kelgan Yevrokengash raisi Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyati xabar qildi.

"Prezidentning Yevrokengash rahbari bilan uchrashuvi boshlandi", - deyiladi xabarda.

Seshanba kuni Mishel Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Yevroparlament rahbari David Sassoli bilan birga Gretsiyaga tashrif buyurib, Turkiya bilan chegaradagi vaziyatni o‘rgandi. 

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan keyin migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegarasini ochib yubordi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma'lum qilishicha, o‘tgan haftadan buyon Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top