11:13 / 04.03.2020
0
9559
Jazo o‘tayotgan mahkum transport vositasini olib qochdi

Toshkent viloyatida manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum Spark’ni olib qochdi

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 28 fevral kuni noma'lum shaxs Toshkent tumani Qorasaroy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan, 24 yoshli Sh.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasini haydab qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum, 21 yoshli A.Y. sodir etganligi aniqlanib, olib qochgan avtomashinani Toshkent shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida ushlangan. A.Y. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top