14:54 / 04.03.2020
0
6438
Kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga pora talab qilgan tekshiruvchi ushlandi

Bandlikka ko‘maklashish markazi inspektori 2 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi

Foto: iStock

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan respublika prokuraturasi hamda IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Mo‘ynoq tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori Sh.B. xizmat mavqeidan foydalanib, tamagirlik yo‘li bilan teri-tanosil kasalliklari dispanserida mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik hamda dispanser mansabdor shaxslariga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga hisobchi B.Q.dan 2,5 mln so‘m pora talab qilib, shundan, 2 mln so‘mni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top