11:42 / 04.03.2020
0
4645
Oltinsoyda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi inson umriga zomin bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

2020 yil 15 fevral kuni Oltinsoy tumanida taxminan soat 16:00da, tumanning “Qiziltepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy yo‘lda Sho‘rchi tumani “Egarchi” mahallasida yashovchi Sh.A. “Neksiya” rusumli avtoulov boshqaruvini yo‘qotgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, oqibatda qarama-qarshi tomonidan kelayotgan, Sho‘rchi tumani “Oynako‘l” mahallasida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Zil” rusumli avtoulovining yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, “Neksiya” yo‘lovchisi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashagan M.X. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 fevral kunidagi xulosasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib, 29 fevral kuni soat 09:30da kasalxonada vafot etgan. 

29 fevral kuni Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top