15:30 / 04.03.2020
1
37996
Qarshi tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Qashqadaryo viloyatida ham ayol kishi tuman hokimi vazifasiga tayinlandi.

Qashqadaryo viloyatida Xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchisi Sherzod Qudbiyev, Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etishdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiyada Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Maqsuda Sayfullayevna Mustafoyeva Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Maqsuda Mustafoyeva / Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Avvalroq shu kungacha Qarshi tumanining hokimi lavozimida ishlab kelgan G‘ayrat Begaliyev Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Ma'lumot uchun, Maqsuda Mustafoyeva O‘zbekistondagi to‘rtinchi ayol hokim bo‘ldi. Bungacha Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne'matova, Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim etib tayinlangan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top