09:45 / 04.03.2020
0
7819
Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopildi

Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi 13 martga qadar yopildi 

Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.

Shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishlari mumkin bo‘ladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top