11:31 / 04.03.2020
0
3433
Toshkentda to‘qqizta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Poytaxtda qator avtobuslar o‘z harakati yo‘nalishini o‘zgartirdi

Foto: KUN.UZ

Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Maxtumquli ko‘chasining Parkent, Mirzo Ulug‘bek va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, mazkur hududdan o‘tuvchi 44, 95, 110, 119, 129, 152-sonli yo‘nalishlarida qatnovchi avtobuslar o‘z harakatini 13 martga qadar Parkent, Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, G‘azalkent, Oltintepa va yana Parkent ko‘chalari orqali davom ettiradi.

18, 23, 30-avtobus yo‘nalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Maxtumquli ko‘chalari orqali qatnaydi.

Mazkur yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana o‘zgartirilishi mumkin.

Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top