18:06 / 04.03.2020
0
6200
U yolg‘iz farzandining sog‘ayishini orzu qilib yashayapti

Farzand – inson hayotidagi eng shirin  meva. Bolasining ilk qadamlarini, tili chiqqanini ko‘rishni, eshitishni istamagan ota-ona yo‘q. Oqdaryolik Dilafruz Botirova ham shu orzu bilan yashayapti.

Uning yolg‘iz o‘g‘li Davronbek Xolmurzayev uch yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, yurib ketmadi, gapirolmayapti. Bolakay yurak porogi sababli o‘sishda tengdoshlaridan orqada qolmoqda.

Biz ona bilan suhbatlashganimizda, har oyda o‘rtacha bir-bir yarim million so‘m Davronbekning davolanishi, qabul qiladigan dorisi uchun sarflanayotganini aytdi. Ammo muolajalarga qaramay, uning sog‘lig‘i tobora og‘irlashib, harakatlarida ortda qolish holati kuzatilmoqda.

– Davronbek tug‘ilgan vaqtda juda ham xursand bo‘lganmiz, – deydi Dilafruz Botirova. – Ammo u vaqt o‘tgani sari tez-tez og‘rib qolardi. Shundan so‘ng Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga olib bordik. Shifokorlar farzandimga yurak porogi tashxisini qo‘yishdi. Men bunaqa kasallik borligini bilmagandim ham. Do‘xtirlar bu kasallikni davolashning imkoni borligini aytishdi. Afsuski, ro‘zg‘or tashvishlari bilan chalg‘ib, kasallik erta aniqlangan vaqtda davolatish choralarini ko‘rolmadik. Tajribali shifokorlardan maslahat olmaganimiz sababli biroz vaqto‘tkazib qo‘yibmiz.

Shundan so‘ng poytaxtdagi malakali shifokorlarga olib borishimizga to‘g‘ri keldi. 2019 yilning noyabrida «AKFAMEDLINE» klinikasiga ko‘rsatdik. Ular farzandimni operatsiya yo‘li bilan davolash mumkinligini aytishdi. Bizda umid uyg‘ondi. O‘zimizda ayni vaqtda o‘sha mablag‘ bo‘lmaganligi sababli yurtdoshlarimizga murojaat qilishga qaror qildim. Iltimos, farzandimning “ona” deyishini eshitish, tengdoshlari qatori yurib ketishini ko‘rishim uchun yordam beringizlar.

Xayr-saxovatli, savob umidida bo‘lgan yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz. Bugun mushkul ahvolga tushib qolgan onaga yordam qilaylik! Davronbekning sog‘lig‘i, tengdoshlaridek hayot kechirishi uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik. Bolakayning operatsiyasi uchun 66 million so‘m mablag‘ zarur bo‘lmoqda. Yaxshi amallarimizning ajrini bersin!

Dilafruz Botirova (+998970301930)

Plastik kartochka: 8600 0609 4997 1924

Sberbank: 4276050014579894 (Azizbek Shirinov nomida)

MFO:00728

INN:200 724 897 Hisob raqami:2020 6840 3990 4057 3001

Isomiddin Po‘latov tayyorladi.
Tasvirchi: Faxriddin Hotamov.

 

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz, darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top