18:05 / 04.03.2020
0
4707
Yevropa mudofaa agentligi xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi

Ma'lumot berilishicha, agentlikda 13 martga qadar barcha yig‘ilishlar bekor qilingan. Shuningdek, ushbu muddatga qadar xodimlarning tashqaridagi yig‘ilishlarda ishtirok etishi ham bekor qilingan.

Foto: REUTERS

Yevropa mudofaa agentligi (EDA) xodimlaridan birining koronavirusga chalinganini tasdiqladi. Bu haqda EURACTIV internet-resursi xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, gap agentlikning o‘tgan haftada Italiyadan qaytgan yuqori lavozimli amaldori haqida bormoqda.

Ma'lumot berilishicha, agentlikda 13 martga qadar barcha yig‘ilishlar bekor qilingan. Shuningdek, ushbu muddatga qadar xodimlarning tashqaridagi yig‘ilishlarda ishtirok etishi ham bekor qilingan.

Amaldor Italiyaga borib kelganidan so‘ng 30 nafar mansabdor ishtirokidagi to‘rt soatlik yig‘ilishda qatnashgan. Yig‘ilishda ishtirok etgan Yevropa tashqi siyosat xizmati harbiy shtabining a'zolaridan birida kasallik simptomlari paydo bo‘lgan, u hozirda tibbiy tekshiruv natijasini kutmoqda.

Italiya hamon Yevropada virusdan eng ko‘p zararlangan davlat bo‘lib turibdi - 2263 bemor va 79 qurbon. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top