15:18 / 04.03.2020
0
2073
Zargarlarga litsenziya va guvohnomalar berish tezlashtirildi

Zargarlik tarmog‘ini tartibga soluvchi bir qator qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Foto: Fotolia

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash jarayoni jadallashtiriladi. Bunga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga, qayta rasmiylashtirish bo‘yicha – 5 kundan 2 kunga (ariza qabul qilingan sanadan e'tiboran, uni taqdim etish usulidan qat'i nazar) qisqartirilganligi orqali erishildi, deb yozmoqda Norma.
 
Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olishga ham taalluqlidir. Endi Asillik darajasini belgilash palatasi guvohnomani berish yoki muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani 5 ish kuni (ilgari 7 ish kuni edi), qayta rasmiylashtirishda esa 3 ish kuni (ilgari 5 ish kuni edi) mobaynida ko‘rib chiqadi. Xuddi avvalgidek, 1 BHM miqdoridagi qo‘shimcha haq evaziga zargarlik buyumlari bilan savdo qilish huquqini beradigan guvohnomalarni olishga doir murojaatlar tezkor tartibda (tegishincha 2 va 1 ish kuni davomida) ko‘rib chiqiladi.
 
Shuningdek ta'kidlash joizki, zargarlik buyumlari bilan savdo qilishga doir amaldagi qoidalarga tuzatishlar kiritildi. O‘zgarishlarning katta qismi bevosita Prezidentning 18.05.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5721-son Farmoni qoidalaridan kelib chiqdi. Bundan tashqari, shunday mahsulotlarni vositachilar va internet-do‘kon orqali realizatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari qayd etilgan.  
 
Hujjat 21.02.2020 yildan kuchga kirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top