21:54 / 05.03.2020
0
6568

Amerikalik gubernator koronavirus sababli tirsak bilan so‘rashishni taklif qildi 

AQShning Nebraska shtati gubernatori Pit Rikets koronavirus epidemiyasi sababli ko‘rishganda qo‘l siqish o‘rniga tirsaklarni urishtirib qo‘yishni taklif qildi.  

Foto: AP

Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Shifokorlar koronavirus qo‘l siqishib so‘rashganda ham yuqishi mumkinligidan ogohlantirib kelishmoqda.

Gubernator so‘rashishning bu usulini karantindan keyin shifoxonani tark etayotgan odamlar bilan uchrashuvda namoyish qilgan.

“Men uchun karantin bo‘limini tark etayotgan mehmonlarni qarshilash sharafdir. Nebraskadagi jahon darajasidagi tibbiy xodimlar amerikaliklarni himoya qilish va odamlar salomatligini saqlash uchun sa'y-harakatlarni tobora oshirishmoqda”, deb aytgan Rikets.

Avvalroq an'anaviy qo‘l berib so‘rashish o‘rniga uning hazilomuz varianti - oyoq uchlarini tekkizib qo‘yish taklif qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top