15:10 / 05.03.2020
0
21276
Dunyodagi eng maxfiy suvosti kemasining fotosurati paydo bo‘ldi

U atigi bir marta suratga olingan va bu tasvir ham xira bo‘lgan.

Forbes nashri Kubaning Delfin suvosti kemasi fotosuratini chop etdi.

Foto:  SAHUREKA / H I SUTTON

Nashrning yozishicha, Delfin dunyodagi eng maxfiy suvosti kemalaridan biri hisoblanadi. U atigi bir marta suratga olingan va bu tasvir ham xira bo‘lgan.

"15 yil davomida ikkita fotosurat, mana buni maxfiylik desa bo‘ladi! Bizda sun'iy yo‘ldoshdan olingan yana bir nechta surat bor, ammo u haqda juda oz narsa bilamiz", — deb yozadi maqola muallifi.

Nashrning ma'lumot berishicha, hozirda Kuba floti eski sovet texnikasidan hamda qo‘lbola torpedo uskunalaridan foydalanadi. Qayd etilishicha, Delfin ham Kubada ana shunday tarzda yig‘ilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top