10:21 / 05.03.2020
7
37158
Eng arzon go‘sht qayerda? Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 3 mart kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 36 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori»da qayd etilgan (36 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (70 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 200 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahri «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori» va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozorlari»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 7 00 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (700 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da (5 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top