14:15 / 05.03.2020
0
13204
Superliga klublari transfer bahosi e'lon qilindi: eng qimmatbaho jamoalar qaysi?
Foto: Tribuna.uz

«Transfermarkt» nashri 2020 yilgi Superliga klublarining yangi transfer baholarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sanalmish Toshkentning «Paxtakor» klubi ayni damda O‘zbekistonning eng qimmat tarkibga ega jamoasiga aylangan.

 Manbada futbol klublarining futbolchilari soni va bahosiga qarab umumiy tarkib narxi keltirilgan. Shuningdek, jamoa futbolchilarning o‘rtacha transfer bahosi va yoshi ham yozilgan.

 Transfermarkt’ga binoan, mamlakatimizning amaldagi chempioni «Paxtakor» Superliganing eng qimmat tarkibga ega jamoasi sanalib, umumiy narxi 15,08 million yevroni tashkil etadi. Bunda har bir futbolchining o‘rtacha bahosi 580 ming yevroga baholangan.

 Bu borada ikkinchi o‘rinni «Lokomotiv» klubi egallab turibdi. «Temiryo‘lchilar»ning umumiy transfer bahosi 9 million yevroga teng. Jamoa o‘yinchilarining o‘rtacha narxi 360 ming yevroga baholangan.

 Umumiy bahoning qimmatligi bo‘yicha 3-o‘rinda «Navbahor» klubi qayd qilingan. Namangan jamoasining narxi 7,5 million yevroni tashkil etadi. Tarkibida 30 nafar futbolchini jamlagan klubning har bir futbolchisi o‘rtacha 250 ming yevrodan narxlangan.

 Eng qimmat tarkib borasidagi beshlikdan Toshkentning «Bunyodkor» hamda Olmaliqning OKMK klublari ham joy olgan bo‘lib, Vadim Abramov jamoasi 6,8 millionga, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi klub esa 6,55 million yevroga baholangan.

 Tarkibining umumiy bahosi va o‘rtacha narxi borasida «Mash'al» va «Andijon» klublari nisbatan past baholanganlar sifatida qayd etilib, so‘nggi o‘rinlarda ko‘rsatilgan.

 E'tiborlisi, Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi «Nasaf» va Vadim Abramov boshqaruvidagi «Bunyodkor» Superliga-2020ning eng yosh tarkibga ega jamoasiga aylandi. «Surxon» va OKMK klublari esa chempionatning eng «qariya» tarkibiga ega jamoalar bo‘lishdi.

 Quyida barcha klublarning 2020 yildagi umumiy transfer bahosi, futbolchilarning o‘rtacha narxi va yoshi bilan tanishing:

 1. «PAXTAKOR» (Toshkent)
Umumiy transfer bahosi:
15,08 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 26 / 25,8 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 580 ming yevro

 2. «LOKOMOTIV» (Toshkent)
Umumiy transfer bahosi:
9 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 25 / 26,9 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 360 ming yevro

 3. «NAVBAHOR» (Namangan)
Umumiy transfer bahosi:
7,5 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 30 / 26,8 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 250 ming yevro 

4. «BUNYoDKOR» (Toshkent)
Umumiy transfer bahosi:
6,8 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 29 / 25,1 yosh
Futbolchining o‘rtacha narxi: 234 ming yevro

 5. OKMK (Olmaliq)
Umumiy transfer bahosi:
6,55 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 22 / 29 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 298 ming yevro 

6. «SO‘G‘DIYoNA» (Jizzax)
Umumiy transfer bahosi:
6,18 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 26 / 26,6 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 238 ming yevro

 7. «QO‘QON-1912» (Qo‘qon)
Umumiy transfer bahosi:
5,48 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 25 / 26 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 219 ming yevro

 8. «BUXORO» (Buxoro)
Umumiy transfer bahosi:
5,28 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 31 / 27 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 170 ming yevro

 

9. «NASAF» (Qarshi)
Umumiy transfer bahosi:
5,20 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 24 / 23,5 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 217 ming yevro 

10. «SURXON» (Termiz)
Umumiy transfer bahosi:
5,13 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 21 / 28,7 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 244 ming yevro 

11. «MeTALLURG» (Bekobod)
Umumiy transfer bahosi:
4,60 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 23 / 26,2 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 200 ming yevro

 12. «QIZILQUM» (Navoiy)
Umumiy transfer bahosi:
3,40 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 30 / 26,9 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 113 ming yevro

13. «ANDIJON» (Andijon)
Umumiy transfer bahosi:
2,63 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 26 / 26,5 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 101 ming yevro

 14. «MASh'AL» (Muborak)
Umumiy transfer bahosi:
1,43 million yevro
Futbolchilari soni va o‘rtacha yoshi: 32 / 25,8 yosh  
Futbolchining o‘rtacha narxi: 45 ming yevro.

 Usmon IBODOV tayyorladi.

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top