20:50 / 05.03.2020
0
12348

Toshkentda yo‘qotib qo‘yilgan 100 mln. so‘m egasiga qaytarildi

Xizmat olib borayotgan PPX xodimlarining oldiga bir fuqaro kelib, 100 mln. so‘m pulini yo‘qotib qo‘yganini aytib topishda yordam berishini so‘raydi

Joriy yilning 3 mart kuni taxminan soat 24.00 larda Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi 2-batalon 4-otryad xodimlari, safdor Bekbosunov Nurjan Mahametkulovich va safdor Nazarov Rahmatilla Rixsitillayevichlar Mirobod tumanida 3 bosqich yunalishida xizmat olib borayotgan vaqtlarida xodimlarning oldiga bir fuqaro kelib, 100 mln. so‘m pulini yo‘qotib qo‘yganini aytib, bu pullarni topishda yordam berishlarini so‘raydi. 

Shundan so‘ng xodimlar pulni topish uchun xizmatga kirishadilar va o‘sha hududga o‘rnatilgan kamera yozuvini ko‘zdan kechirganlarida pullarni aniq yashash joyi bo‘lmagan Logan ismli shaxs olganligi ma'lum bo‘ladi. Xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Mirobod tumani IIBga olib borilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonida 100 million so‘m pul borligi aniqlanib, bu pullar egasi – Mirobod tumanida yashovchi fuqaro Karimov Ulug‘bek Jamoliddinovichga topshiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top