17:50 / 05.03.2020
0
9554

Turkiya qochqinlarning Turkiyaga qaytarilishiga to‘sqinlik qilish uchun maxsus kuchlarni jalb etdi

Suriyaning Idlib provinsiyasida aviazarbalar natijasida 30 nafar turk harbiysi halok bo‘lganidan so‘ng Turkiya YeI bilan chegarani ochishga qaror qildi.

Foto: REUTERS / Cansu Alkaya

Anqara gretsiyalik chegarachilarga qochqinlarni Turkiya hududiga qaytirishlariga to‘sqinlik qilish uchun maxsus politsiya kuchlarining mingga yaqin xodimini safarbar etdi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma'lum qildi.

"Gretsiyaga birgina Edirnedan 139070 nafar qochqin o‘tdi. Gretsiya 4,9 ming nafarini Turkiyaga qaytarishga urindi. Chegaradagi to‘qnashuvlar natijasida 164 nafar qochqin jarohatlandi, ular hozir kasalxonada", - dedi So‘ylu NTV telekanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afinaning Turkiyadan Gretsiyaga kelgan qochqinlar soni to‘g‘risida bergan ma'lumoti haqiqatga mos kelmaydi.  

O‘tgan haftada Turkiya migrantlarning yangi to‘lqinini tutib tura olmasligini bildirib, qochqinlar uchun YeI bilan chegaralarini ochib yuborganini ma'lum qildi. Shundan so‘ng minglab migrantlar Yevropaga o‘tish ilinjida Gretsiya chegarasiga yopirildi.

Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib provinsiyasida aviazarbalar natijasida 30 nafar turk harbiysi halok bo‘lganidan so‘ng chegarani ochishga qaror qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top