00:11 / 06.03.2020
0
26660
Agent: «La Liga klubi Eldor Shomurodov masalasida murojaat qildi»
Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasi vaqtida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda rossiyalik futbol agenti German Tkachenko gapirib o‘tdi, deya yozadi «Yevrosport». 

«Ispaniyaning «Selta» klubi bizga aslida Eldor Shomurodov masalasida murojaat qilgandi. Ammo «Rostov» uni qo‘yib yuborishni istamaganligi bois, «buning iloji yo‘q» dedik. Yarim soat o‘tmay, ularga yana bir mijozimiz bo‘lgan hujumchi Fedor Smolov variantini taklif etdik va ular rozi bo‘lishdi. Smolov yomon boshlamadi, uning Yevropada qolishini istaymiz. U ham shuning tarafdori. «Lokomotiv» qarshilik qilmay, Smolovni La Ligaga qo‘yib yuborganidan minnatdormiz», - deydi «ProSpors Management» agentlik rahbari German Tkachenko 5 mart kungi futbol mavzusidagi konferensiyada. 

Ma'lumot uchun, «Selta» rossiyalik hujumchi Smolovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan, Fedor debyut o‘yinida «Real» darvozasiga gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi va «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham «ProSpors Management» agentlik kompaniyasi mijozi sanaladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top