08:05 / 06.03.2020
0
4209
Elyor G‘aniyev Boeing vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Transport vazirligida Boeing kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi vitse-prezidenti  Gregori Lekston bilan uchrashdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Gregori Lekston O‘zbekiston mintaqadagi mamlakatlar orasida aviaparkida Boeing 787 Dreamliner samolyotlari eng ko‘p davlat ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi bilan o‘zaro ishonchli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, bu yo‘nalishda birgalikda ishlash har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta'kidladi. 

Bundan oldin, Uzbekistan Airways 4ta Boeing samolyotini sotayotgani xabar qilingandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top