10:40 / 06.03.2020
0
12383
Eronda yana bir nufuzli siyosatchi koronavirusdan vafot etdi

Eronning sobiq tashqi ishlar vazirining muovini koronavirus tufayli vafot etdi.

Eronning Damashqdagi sobiq elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va parlament spikeri maslahatchisi Husayn Shayxulislom (67 yosh) yangi koronavirus keltirib chiqargan Sovid-19 pnevmoniyasi tufayli vafot etdi.

Husayn Shayxulislom / finansgundem.com

Eron davlat televideniyesi xabarlariga ko‘ra, bir qancha muddat davomida Erondagi Butunjahon Islomiy Mazhablar Assotsiatsiyasining Bosh kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Shayxulislom Sovid-19 sabab Tehronning Masih Danishver kasalxonasida vafot etgan.

Damashq elchixonasi muovini, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Assambleya prezidentining maslahatchisi bo‘lib ishlagan Shayxulislom 1979 yil 4 noyabrda AQShning Tehrondagi elchixonasini bosib olishda faol rol o‘ynagan shaxslardan biri sifatida ham tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta boshida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy boshchiligidagi Muvofiqlik Kengashining oliy a'zosi bo‘lgan 71 yoshli Muhammad Mirmuhammadiy koronavirus tufayli vafot etgandi. Bundan tashqari, Eron parlamentinig o‘nlab a'zolarida koronavirus aniqlangan, shuningdek, Eron Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Harirchi, Shoshilinch tez tibbiy yordam rahbari Pirhusayn Kolivand hamda Sanoat, konlar va savdo vaziri Rizo Rahmoniy ham koronavirus bilan kasallangan.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda jami 85 mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 97 942 nafarni tashkil etmoqda, 3383 kishi virus qurboni bo‘lgan, 55 185 kishi sog‘ayib ketgan.
  • 5 mart ma'lumotiga ko‘ra, Eronda 3513 kishida virus aniqlangan, 107 kishi olamdan o‘tgan.
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top