10:50 / 06.03.2020
0
17196
Koronavirusning ikki xil mutatsiyasi aniqlandi

Koronavirusning ikki xil mutatsiyasi aniqlandi: S-cov va L-cov.

Foto: AFP

Xitoydagi Pekin universiteti, Shanxay Paster instituti va Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari Uhan shahrida paydo bo‘lgan va qisqa muddatda dunyoga yoyilgan koronavirusning (Covid-19) S-cov va L-cov deb nomlangan ikkita bir-biridan farqli mutatsiyasi mavjud ekanini aniqlashdi.

Pekin universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasida ishlaydigan olimlar tomonidan o‘rganila boshlangan koronavirus mutatsiyaga uchragani ma'lum qilindi. National Science Review jurnalida chop etilgan tadqiqotda koronavirus mutatsiyaga uchragani va ikkiga bo‘lingani hamda bu mutatsiyalar S va L deb nomlangani aytilgan.

Koronavirusning birinchi tarqalgan turiga yaqin bo‘lgan va kam yuqumlilik xususiyatiga ega bo‘lgan S-cov’dan farqli o‘laroq, virusning ikkinchi turi L-cov yuqori darajadagi yuqumlilik xususiyatiga ega bo‘lib, nafas olish tizimiga ko‘proq zarar keltirishi ma'lum qilindi.

Virusni yuqtirganlarning 30 foizida S-cov, 70 foizida esa L-cov kuzatilgan. Koronavirusning uchinchi mutatsiyaga uchrash ehtimoli ham yo‘q emas.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda jami 85 mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 97 942 nafarni tashkil etmoqda, 3383 kishi virus qurboni bo‘lgan, 55 185 kishi sog‘ayib ketgan.
  • 5 mart ma'lumotiga ko‘ra, Eronda 3513 kishida virus aniqlangan, 107 kishi olamdan o‘tgan.
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top