12:42 / 06.03.2020
0
5124
«O‘zbekiston pochtasi» Xitoydan pochta yetkazib berish nima sababdan kechikayotganini tushuntirdi

Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berishdagi kechikishlar ushbu davlat bilan parvozlarning vaqtincha to‘xtatilishiga bog‘liq 

Foto: uznews.uz

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish nima sababdan kechikayotgani bo‘yicha maxsus ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda yangi koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish bir muncha uzoq muddat talab qilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirus narsalar ustida, jumladan posilka, banderollarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

“Shunga qaramay, O‘zbekiston pochtasi Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish, sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan.

Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikishlari asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liq.

Ishontirib aytamizki, O‘zbekiston pochtasi xodimlari pochta jo‘natmalaringizni tezkorlik bilan yetkazib berish uchun doim harakatda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Markaziy bank koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri qanday bo‘lishi haqida izoh bergandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top