20:33 / 07.03.2020
0
20583
Amerikaliklarga Turkmaniston va Ozarboyjonga bormaslik tavsiya qilindi

Avvalroq koronavirus tufayli Turkmaniston fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlangani xabar qilingandi.

Foto: Asharq Al-Awsat

AQSh davlat departamenti o‘z fuqarolariga koronavirus tarqalishi sababli Turkmaniston va Ozarboyjonga bormaslikni tavsiya qilmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilmagan, Ozarboyjonda esa olti kishi ushbu kasallikka chalingan.

Turkmanistonga bormaslikka ushbu mamlakat hukumatining koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan choralari sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Amerika fuqarolarining ogohlantirilishicha, barcha xalqaro reyslar Ashxoboddagi asosiy aeroportdan poytaxtdan 400 km uzoqlikdagi Turkmanobod shahriga yo‘naltirilgan. Koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan yo‘lovchilar o‘sha yerdagi tibbiyot muassasalaridan biriga karantinga joylashtiriladi.

«Turkmanistondagi davolash uslublari Amerika standartlariga javob bermaydi. Yo‘lovchilarni koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan tahlillarni topshirishga majburlashlari mumkin», — deyiladi davlat departamenti bayonotida.

Davlat departamenti Ozarboyjonda ham tibbiy xizmat ko‘rsatish AQSh talablariga mos emasligini bildirgan.

Avvalroq koronavirus tufayli Turkmaniston fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlangani xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top