08:55 / 07.03.2020
5111
EPSILON (EDC): Nazarquduq-10 qudug‘idan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi
Foto: EPSILON

7 mart kuni radial burg‘ulash texnologiyasi asosida to‘liq ta'mirlash hamda gaz kondensatidan foydalangan holda qo‘llanilgan GRP ishlaridan so‘ng, quduqning kunlik debit hajmi 70 ming kub.m gazni tashkil etdi.

Qazib chiqarilayotgan mahsulotning hammasi mamlakat aholisi ehtiyojini qondirish maqsadida ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top