12:32 / 07.03.2020
0
6498
Jahon iqtisodiyoti koronavirus vahimasi ortida 9 kunda 9 trillion dollar yo‘qotdi

Jahon birjalari 9 kun ichida 9 trln dollar yo‘qotdi. Barcha fond birjalarida aksiyalar qadrsizlanishi kuzatilmoqda.

Foto: WBAP.com

Koronavirus vahimasi ortida oxirgi 9 kun ichida jahon fond birjalarida 9 trln dollar yo‘qotildi. Bu haqda 6 mart kuni CNN telekanali Bank of America’ga tayanib xabar berdi.

Aksiyalar narxi nafaqat AQSh fond birjalarida, balki Yevropa va Osiyoda ham tushib ketgan. Yaponiyaning tayanch indeksi Nikkei 225 6 mart kuni 2,7 foizga, Janubiy Koreya indekslari 2,2 foizga, Hongkong birjasi indeksi 2,3 foizga, Xitoyning SHCOMP indeksi 1,3 foizga tushib ketgan. 

Yevropadagi fond birjalari Yevropa davlatlarida koronavirus jadal tarqalayotgani haqidagi xabarlar ortida 3-3,6 foizga pasaygan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top