21:43 / 07.03.2020
0
9143

Koronavirus: Isroilda 1000 dan ortiq askar tekshiruvdan o‘tkazildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, shu kunga qadar Isroilda koronavirus bilan bog‘liq 19 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning hech birida o‘lim qayd etilmagan.

Foto: AFP

Isroil mudofaa qo‘shinlari (IDF) ning 1262 askari COVID-19’ni yuqtirib olgan odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lganliklari haqida gumon qilinganidan so‘ng ular karantinga o‘tkazilgan edi.

Kamida 189 nafar askar allaqachon karantindan qaytarilgan va ulardan faqatgina bir nafari ushbu infeksiyani yuqtirib olganligi tasdiqlandi.

Isroil mudofaa kuchlari kelgusida COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘lidan keladigan barcha ishlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, chet el safarlari hamda “US European Command”ning “Juniper Cobra 20” mashg‘ulotlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy tayyorgarliklar ham noma'lum muddatga qoldirilgan.

“Bu qaror Isroil sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19 bo‘yicha yaqinda qabul qilingan ko‘rsatmalariga va barcha ishtirokchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot choralarini ko‘zda tutadi”, deyiladi “ US European Command” bayonotida.

Ayni vaqtga kelib, ushbu virusni dunyo miqyosida 100 mingdan ortiq odam yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 3497 nafari vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top