11:44 / 07.03.2020
0
8016
Lacetti yo‘lovchisi avtomashinani olib qochib ketdi 

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi haydovchi yo‘qligidan foydalanib avtomashinani olib qochdi

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 29 fevral kuni soat 22:10da 24 yoshli R.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasini Nukus shahri hududidagi avtovokzal yaqinida to‘xtatgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtomashinadan tushgan vaqtida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan mast holdagi Kegeyli tumanida yashovchi, 20 yoshli A.A. haydovchi yo‘qligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan va Nukus shahar Koksul mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetida ag‘darilib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib o‘rnatilgan tartibda ushlangan. 

Qayd etilishicha, dastlabki tergov davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top