14:28 / 07.03.2020
0
16583
Rossiyalik ayolning murdasi o‘z kvartirasida bir oy qolib ketdi

Moskva markazida yashovchi keksa ayol o‘z kvartirasida bir oy avval vafot etgani ma'lum bo‘ldi

Foto: IZVeSTIYa/Mixail Tereshchenko

Ma'lum bo‘lishicha, 88 yoshli ayolning murdasi o‘z uyining oshxonasida bir oydan ortiq qolib ketgan. Qo‘shnilar uning uy egasi ekanligini tasdiqlashgan. Ayni paytda rossiyalik ayolning jasadi o‘likxonaga olib borilgan va uning shaxsi hamda o‘lim sabablari aniqlanmoqda.

Bu kabi holat birinchisi emas. Rossiyaning Kaliningrad shahrida kvartirani qo‘lga kiritgan kishi xonadon ayvonida mumiyoga aylanib qolgan erkak jasadiga duch kelgan. Taxminlarga ko‘ra jasad 10 yildan ortiq saqlangan. Politsiya fikricha, erkakning o‘ligini uning xotini 2010 yilda balkonga olib chiqib qo‘ygan.

Ikki yil avval kampirning o‘zi ham vafot etganida u budjet mablag‘lari hisobidan dafn qilingan. Shundan so‘ng xonadon bo‘sh qolgan va shahar ma'muriyati hisobiga o‘tkazilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top